Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Sergelida ayanchli voqea: haydovchi ikki avtobus orasida qolib ketdi

Sergelida ayanchli voqea: haydovchi ikki avtobus orasida qolib ketdi

2025 yil 20 dekabr kuni taxminan soat 16:56 larda “1-avtobus saroyi” filiali tasarrufida bo‘lgan “YUTONG CNG” rusumli, davlat raqami 01 | 081 QKA, saroy raqami 346 bo‘lgan, 55-yo‘nalishda harakatlanadigan avtobus haydovchisi I.A. (1970-yilda tug‘ilgan, staji 35 yil, korxonada 1,5 yil) avtobusni Sergeli tumani Xonobod ko‘chasi bo‘ylab boshqarib kelib, temir yo‘l kesishmasida poyezd o‘tayotganligi sababli avtobusni to‘xtatib turgan.

Shu vaqtda uning orqasida to‘xtab turgan “12-avtobus saroyi” filialiga tegishli “YUTONG CNG” rusumli, davlat raqami 01 | 895 LKA, saroy raqami 126 bo‘lgan avtobus haydovchisi E.R. (1988-yilda tug‘ilgan, staji 17 yil, korxonada 1 yil) avtobusni qo‘l tormoziga qo‘ymasdan pastga tushib, avtobus oldiga o‘tganida avtobus o‘z inersiyasi bilan yurib ketib, haydovchi E.R.ni siqib qo‘yishi natijasida baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan.

Mazkur baxtsiz hodisa “12-avtobus saroyi” filiali haydovchisining ehtiyotsizligi natijasida sodir bo‘lgan va haydovchi E.R. voqea joyida vafot etgan.

Hozirda ushbu hodisa IIBB Tergov bo‘limi tomonidan rasmiylashtirilganligini ma’lum qilamiz.

Sodir bo‘lgan mazkur baxtsiz hodisa munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etamiz.

Kiritildi: 22:14 20.12.2025. O'qildi: 484 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!