Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Aholiga hech qanday shartlarsiz har 3 oyda 200 dollardan beriladi

Aholiga hech qanday shartlarsiz har 3 oyda 200 dollardan beriladi

Marshall orollari dunyoda birinchi bo‘lib aholiga hech qanday shartlarsiz har 3 oyda 200 dollardan berishni joriy qildi — The Guardian.

Nashrning xabar berishicha, mablag‘larni bank hisobiga chek orqali yoki hukumat qo‘llab-quvvatlaydigan raqamli hamyon orqali kriptovalyuta shaklida olish mumkin.

"Bir kishiga har chorakda 200 dollar, ya’ni yiliga 800 dollar berish aholining ishlamay qo‘yishi uchun yetarli summa emas. Ammo biz buni odamlar uchun yaxshi ma’naviy qo‘llab-quvvatlash deb hisoblaymiz", — dedi mamlakat moliya vaziri.

Qayd etilishicha, bu chora Marshall orollarida yashash narxining oshishini jilovlash bo‘yicha sa’y-harakatlar doirasida ko‘rilmoqda. Mamlakat fuqarolarining o‘rtacha oylik daromadi 800–1000 dollarni tashkil etadi.

Aholiga hech qanday shartlarsiz pul berish dasturi Marshall orollari va AQSh hukumatlari o‘rtasida tuzilgan kelishuv doirasida tashkil etilgan jamg‘arma tomonidan moliyalashtiriladi. Ushbu kelishuv, xususan, amerikaliklar o‘nlab yillar davomida Tinch okeanida joylashgan Marshall orollarida o‘tkazgan yadroviy sinovlar uchun uning aholisiga kompensasiya to‘lashni nazarda tutadi.

Kiritildi: Bugun 19:42. O'qildi: 1166 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!