O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifining tadbirlarga boy dasturi yakuniga etdi.
Davlatimiz rahbari Yaponiya poytaxtida mamlakat Imperatori Naruxito, Bosh vaziri Sanae Takaichi, Parlamentning ikki palatasi rahbarlari, parlamentdagi O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi faollari, hukumat a’zolari, Nara shahri meri hamda yetakchi oliygohlari rektorlari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining birinchi sammitida ishtirok etib, nutq so‘zladi, ushbu formatdagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Sammit yakunida Tokio deklarasiyasi qabul qilindi.
Yaponiyadagi tadbirlar yakunlangach, O‘zbekiston Prezidenti Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo Oliy iqtisodiy kengashining bo‘lajak yig‘ilishi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi yetakchilarining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Rossiyaga jo‘nab ketdi.
“Xaneda” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Yaponiya Parlamenti deputati Muneo Suzuki, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Osuru Tesuya va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.