Internet ijtimoiy tarmoqlarida xodimlarni qonuniy talabiga bo‘ysunmay jamoat tartibini buzgan ayollar ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 29 noyabr kuni Farg‘ona shahar, Shakorqishloq mahallasi Tarona ko‘chasida soat tongi 04:00 larda 2003 yilda tug‘ilgan fuqaro M.G‘. va 2004 yilda tug‘ilgan F.O. (videotasvirdagi ayollar) spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda shu hududda yashovchi fuqarolarni tinchligini buzayotganligi aniqlangan.
Ushbu shaxslarni tinchlantirish maqsadida yetib borgan IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan faoli qarshilik ko‘rsatishgan.
Mazkur holat yuzasidan yuqoridagi shaxslarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183, 194-moddalariga asosan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli sud organiga yuborildi.