Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Makronning uyini traktorlar qamalida qoldi

Makronning uyini traktorlar qamalida qoldi

Fransiyalik fermerlar prezident Emmanuel Makron va uning rafiqasi Brijitning xususiy uyi yonida norozilik namoyishi o‘tkazdi. Ular Yevropa Ittifoqi va Merkosur davlatlari o‘rtasidagi erkin savdo kelishuvi rejalariga qat’iy norozilik bildirmoqda, deyiladi BFMTV telekanalida.

Aksiya 19 dekabr kuni erta tongda Tuk shahridagi qarorgohda tashkil etildi. Voqea joyiga ko‘plab traktorlar va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalari yetib kelgan.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, FNSEA kasaba uyushmasi fermerlari shartnoma imzolashni shunchaki kechiktirishni yetarli emas, deb hisoblamoqda. Shuningdek, ular prezident Makron Fransiyaning bu boradagi pozisiyasiga aniq javob bermayotganini aytishmoqda.

Merkosur Janubiy Amerika mamlakatlarining yirik umumiy bozori bo‘lib, Braziliya, Argentina va boshqa davlatlarni o‘z ichiga oladi. Uyushma 1991 yilda tashkil etilgan bo‘lib, qit’ada asosiy iqtisodiy rol o‘ynaydi.

Kiritildi: 22:37 20.12.2025. O'qildi: 540 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!