Agar Moskvaning xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha shartlari bajarilsa, Rossiya darhol harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor, dedi Vladimir Putin.
- Agar Rossiyaga hurmat bilan munosabatda bo‘lishsa va aldov bo‘lmasa, yangi “maxsus harbiy operasiya”lar bo‘lmaydi;
- Hozirgi vaziyatni G‘arb siyosatchilari o‘z qo‘llari bilan yaratdilar;
- Barcha hokimiyat mening qo‘limdami? Ha, prezidentda hokimiyat bor va uning konturlari Rossiya Konstitusiyasida aniq belgilangan;
- Biz ham Buyuk Britaniya, ham Yevropa bilan teng sharoitda ishlashga tayyormiz. Bundan hamma foyda ko‘radi;
- AQSh saylovlariga Rossiya tomonidan hech qanday aralashuv bo‘lmagan, lekin Yevropa siyosiy elitalari bunga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiqchasiga aralashdi;
- Yevropa siyosiy elitalari AQSh prezidentlik saylovlarida Kamala Harrisni qo‘llab-quvvatladilar. Ular buni ochiqchasiga qilishdi va Trampni Rossiya bilan aloqada ayblashdi. Ular hali ham AQSh Kongressidagi oraliq saylovlardan keyin ittifoqchilar orttirishga umid qilishmoqda, bu ularga Trampga ko‘proq bosim o‘tkazishga imkon beradi;
- Ryutte aqlli odam, men uni bilaman. AQSh NATOning asosi. Qo‘shma Shtatlarning yanhi Xavfsizlik strategiyasida Rossiya dushman sifatida ko‘rsatilmagan, shunga qaramay, NATO bosh kotibi biz bilan urushga kirishni rejalashtirmoqda;
- Agar Kaliningrad viloyatimizni blokada qilish bilan tahdid qilishsa, bu tahdidlar darhol bartaraf etiladi;
- Kiyevning neft tankerlariga hujumlari natija bermaydi va ta’minotni buzmaydi, ammo Rossiyaning javob choralari, albatta, muqarrar bo‘ladi;
- Maxsus harbiy operasiya zonasida 700 ming nafar jangchimiz bor.