"Ukraina dronlari Kaspiy dengizida “Oxotnik” rus patrul kemasiga hujum qildi. Shu hududda “Lukoyl” kompaniyasiga qarashli Filanovskiy nomidagi neft-gaz konining burg‘ilash platformasiga ham zarba berildi", deyiladi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi bayonotida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu neft-gaz platformasi Rossiya armiyasiga yoqilg‘i yetkazib berishda foydalanilgan. Zarar darajasiga aniqlik kiritilmagan. Rossiya hujum haqidagi xabarga izoh bermadi.
Avvalroq Ukraina Qurolli kuchlari so‘nggi haftalarda Kaspiyda Rossiyaning uchta neft qazib olish platformasiga zarba berganini bildirgan edi.