Rossiya Mudofaa vazirligi RF hukumatidan 1992–2002 yillar oralig‘ida Rossiya bir qator Yevropa davlatlari bilan tuzgan harbiy hamkorlik bo‘yicha 10 ta kelishuv va shunga oid 1 ta memorandumni bekor qilishga ma’qullash oldi. Bu haqdagi farmoyish 19 dekabr, juma kuni Rossiyaning rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.
RF Mudofaa vazirligi bekor qilishi mumkin bo‘lgan shartnomalar ro‘yxatida Germaniya, Polsha, Ruminiya, Daniya, Norvegiya, Niderlandiya, Xorvatiya, Belgiya va Chexiya kabi davlatlar bilan “harbiy sohada hamkorlik” to‘g‘risidagi kelishuvlar, shuningdek RF, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya mudofaa vazirliklari o‘rtasida tuzilgan memorandum ham bor.
OAV qayd etishicha, bekor qilinayotgan ushbu kelishuvlar Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin imzolangan tomonlar o‘rtasidagi ikki tomonlama harbiy o‘zaro hamkorlikni tartibga solib kelgan huquqiy baza tarkibiga kirgan.
2025 yil iyul oyida Rossiya Tashqi ishlar vazirligi 1996 yilda Rossiya va Germaniya o‘rtasida tuzilgan harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv amal qilishdan to‘xtatilganini bildirgan edi.
Germaniyada Moskva bayonotlari izohlanmadi.
Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli hujum boshlanganidan va G‘arb davlatlari bilan munosabatlardagi keskinlik kuchayganidan beri RF xavfsizlik sohasidagi hamkorlik masalalariga taalluqli o‘nlab xalqaro kelishuvlardan chiqqan.
Shulardan eng so‘nggilaridan biri — RF va AQSh o‘rtasida plutoniyni utilizasiya qilish to‘g‘risidagi kelishuv bo‘lgan. Hozirda kelishuvni qayta tiklash sharti sifatida Kreml Ukrainaga qarshi agressiya fonida RFga joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilishni talab qilgan.