Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, Vashington Anqaradan Rossiya harbiy texnikasidan voz kechishni talab qilmoqda. AQSh buning evaziga Turkiya mudofaa sanoatiga qo‘yilgan sanksiyalarni bekor qilish va Anqaraga F-35 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish imkoniyatini qayta tiklashga tayyorligini bildirgan.
"Rajab Toyyib Erdo‘g‘an S-400 tizimlarini qaytarish masalasini Vladimir Putin bilan 13 dekabr kuni Ashxobodda o‘tkazilgan uchrashuvda muhokama qilgan", deya yozmoqda Bloomberg.