Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirish uchun 31 ming dollar olganlar ushlandi

O‘zbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirish uchun 31 ming dollar olganlar ushlandi
Uch nafar xorijiy fuqaroga tanishlari orqali O‘zbekistonga kirish vizasini rasmiylashtirib berish evaziga 31 200 AQSh dollari olgan Toshkent shahrida yashovchi shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Aniqlanishicha, u pulning 4 200 dollarini o‘zida qoldirib, qolgan 27 ming dollarini boshqa bir shaxsga berishi kerak bo‘lgan. Davom ettirilgan tezkor tadbirda mazkur fuqaro ham 27 ming AQSh dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlandi. Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Kiritildi: 12:45 02.09.2026. O'qildi: 878 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!