Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Alisher Usmonov sababli Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha yana kelisha olmadi

Alisher Usmonov sababli Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha yana kelisha olmadi

Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Yevropa Ittifoqi elchilari sanksiyalar muddati tugashi arafasida Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirish borasida kelisha olishmadi. Bugun ushbu masalada yana bir uchrashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Bahs-munozaralarga Fransiya (Xorvatiya hamda Italiya ko‘magida) rossiyalik oligarx Alisher Usmonovdan, Slovakiya esa Mixail Fridmandan sanksiyalarni olib tashlashni talab qilayotgani sabab bo‘lmoqda.

14 sentyabr kuni Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiya rejimini bir haftaga uzaytirgan edi, uning muddati seshanba kuni yarim tunda nihoyasiga yetadi.

Kiritildi: 18:05 21.09.2026. O'qildi: 804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!