O‘zbekiston Superligasida 22-tur bahslari to‘liq yakunlandi.
Tur doirasida 8 ta uchrashuv o‘tkazildi. "Navbahor" o‘z maydonida "Dinamo"ni 3:2 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, "Paxtakor" safarda "Mash’al"dan 2:1 hisobida ustun keldi. "Bunyodkor" ham xuddi shu hisobda "Buxoro"ni yengdi.
22-turning eng yirik g‘alabasini "Nasaf" qayd etdi. Qarshiliklar "Andijon" mehmoni bo‘lib, 4:1 hisobida zafar quchdi. "Surxon" "Qo‘qon-1912"ni 1:0, OKMK "So‘g‘diyona"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
"Neftchi" Toshkentda "Lokomotiv" ustidan 1:0 hisobida muhim g‘alabaga erishdi. Turning so‘nggi bahsida esa "Qizilqum" Urganchda "Xorazm"ni 3:1 hisobida yengdi.
22 turdan keyin "Neftchi" 51 ochko bilan chempionat peshqadami bo‘lib turibdi. "Paxtakor" 49 ochko bilan ikkinchi, "Navbahor" 44 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallagan.
OKMK va "Lokomotiv" 35 tadan ochko bilan mos ravishda 4- va 5-pog‘onalarda. "Nasaf" hamda "Buxoro" hisobida 34 tadan ochko bor.
Jadvalning quyi qismida "Bunyodkor" 22 ochko bilan 13-, "Xorazm" 21 ochko bilan 14-, "Qo‘qon-1912" 20 ochko bilan 15-o‘rinda. "Mash’al" esa 4 ochko bilan so‘nggi pog‘onada qolmoqda.
22-tur natijalari:
"Navbahor" — "Dinamo" — 3:2
"Mash’al" — "Paxtakor" — 1:2
"Bunyodkor" — "Buxoro" — 2:1
"Andijon" — "Nasaf" — 1:4
"Surxon" — "Qo‘qon-1912" — 1:0
"So‘g‘diyona" — OKMK — 1:2
"Lokomotiv" — "Neftchi" — 0:1
"Xorazm" — "Qizilqum" — 1:3