Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Osiyodagi ayrim davlatlar yangi inqiroz xavfiga duch keladi

Osiyodagi ayrim davlatlar yangi inqiroz xavfiga duch keladi

Osiyoning qator davlatlarida kuchli tabiiy ofatlar oqibatida fuqarolik tartibsizliklari yuzaga kelishi xavfi mavjud. Bunga El Nino hodisasi sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.

Tahlilchilar El Nino bilan bog‘liq ob-havo hodisalari Osiyoda oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyatni yomonlashtirishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Vaziyatni og‘irlashtirayotgan omillardan biri — Erondagi urush oqibatlari. To‘qnashuvlar qishloq xo‘jaligi uchun muhim bo‘lgan yoqilg‘i va o‘g‘itlar yetkazib berilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Indoneziyada — o‘rmon yong‘inlari palma yog‘i hosilini yig‘ib olishni qiyinlashtirgan. Hindistonda esa guruch yetishtirish uchun muhim bo‘lgan musson yomg‘irlari miqdori me’yordan qariyb 15 foizga kam. Tailandda shakar hosili kamayishi kutilmoqda.

Tahlilchilarga ko‘ra, Afg‘oniston va Myanmada oziq-ovqat bilan bog‘liq yangi zarba gumanitar inqiroz xavfini oshirishi mumkin.

Tadqiqotda oziq-ovqat xavfsizligining yomonlashuvi va fuqarolik tartibsizliklari xavfi yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga Hindiston, Indoneziya, Filippin, Bangladesh va Pokiston kiritilgan.

Hisobotda aytilishicha, agar oziq-ovqat narxlari va uning mavjudligi bilan bog‘liq bosim kuchaysa, hukumatlar esa vaziyatga samarali javob qaytara olmasa, ushbu davlatlarda tartibsizliklar va siyosiy beqarorlik yuzaga kelishi mumkin.

Kiritildi: 23:40 21.09.2026. O'qildi: 437 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!