Sun’iy intellekt (SI) poygasida kim g‘alaba qozonsa, hammasini qo‘lga kiritadi. Men uning rivojlanishiga to‘sqinlik qilish niyatida emasman, dedi AQSh prezidenti Tramp.
"Hozirda biz Xitoy va boshqa barcha davlatlardan oldindamiz va bu ustunlikni saqlab qolish niyatidaman. Sun’iy intellekt sanoat inqilobi yoki hatto internetdan ham ulkanroq ahamiyatga ega bo‘ladi. Biz ehtiyotkorlik bilan harakat qilamiz, ammo men sun’iy intellekt va superintellekt rivojlanishini faol qo‘llab-quvvatlayman", — deb yozdi AQSh Prezidenti.
Davlatlar o‘rtasidagi sun’iy intellekt bo‘yicha poyga ko‘z o‘ngimizda avj olmoqda.