Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiya zarbalari Ukraina po‘lat sanoatining 90 foizini ishdan chiqardi

Rossiya zarbalari Ukraina po‘lat sanoatining 90 foizini ishdan chiqardi

Rossiya raketa zarbalari oqibatida Ukrainadagi uchta eng yirik po‘lat quyish zavodi ishdan chiqdi. Bu haqda Financial Times’ning Rossiya hujumlarining Ukraina iqtisodiyotiga ta’siri haqidagi maqolasiga tayanib “Meduza” xabar berdi.

Bu holat mamlakatning butun po‘lat sanoatiga xavf solmoqda. Ta’kidlanishicha, sentyabr oyi boshida Rossiya Zaporojye va Dnepropetrovsk viloyatlaridagi korxonalarga ballistik raketalar bilan zarba bergan. Uchta zavodning ikkitasi Metinvest kon-metallurgiya kompaniyasiga, yana biri esa ArcelorMittal tarkibiga kiradi. Hujumlar oqibatida 17 nafar ishchi halok bo‘lgan.

“Ukrainada po‘lat sanoat endi yo‘q”, dedi Metinvest bosh direktori ofisi rahbari Aleksandr Vodoviz.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya harbiylari qayerga zarba berishni aniq bilgan. Korxonalarning domna pechlari nishonga olingan.

Metinvest va ArcelorMittal kompaniyalarining bildirishicha, bu zavodlar birgalikda mamlakatda ishlab chiqariladigan po‘latning 90 foizini berayotgan edi. Zavodlarda 15 mingdan ortiq odam ishlardi. Ularning to‘xtab qolishi iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga va soliq tushumlariga jiddiy ta’sir qilishi mumkin.

“Hozircha ta’mirlash qancha vaqt olishini bilmaymiz — kunlar, haftalar, oylar yoki yillar ketishi mumkin”, deya qo‘shimcha qildi u.

Ukraina bosh vaziri Sergey Koreskiyning bildirishicha, Rossiya hujumlari sababli Ukraina taxminan 1,5 milliard dollar soliq daromadidan mahrum bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 23:20 21.09.2026. O'qildi: 1539 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!