Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Shaxmat olimpiadasi: O‘zbekiston terma jamoasi Hindistonni mag‘lub etdi

Shaxmat olimpiadasi: O‘zbekiston terma jamoasi Hindistonni mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi Hindiston terma jamoasini 2,5:1,5 hisobida mag‘lub etib, shaxmat olimpiadasida yakkapeshqadamga aylandi.

Mazkur uchrashuvda Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov va Shamsiddin Vohidov o‘z partiyalarini durang bilan yakunladi.

Bahs taqdiri Nodirbek Yoqubboyev hamda Nihal Sarin o‘rtasidagi partiyada hal bo‘ldi. Murakkab vaziyatda qolgan Nodirbek Yoqubboyev raqibiga tuzoq qo‘yib, partiyani o‘z foydasiga hal qildi.

Shaxmat olimpiadasi: O‘zbekiston terma jamoasi Hindistonni mag‘lub etdi

Shaxmat olimpiadasi: O‘zbekiston terma jamoasi Hindistonni mag‘lub etdi

Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi Hindiston ustidan muhim g‘alabani qo‘lga kiritib, shaxmat olimpiadasida peshqadamlikni qo‘lga oldi.

Ulashish:

Kiritildi: 22:35 21.09.2026. O'qildi: 419 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!