svgTRAVELBOOK ma’lumotlariga ko‘ra, Britaniya monarxi pasportsiz sayohat qilish imtiyozini meros qilib olgan — bu huquq onasi, qirolicha Yelizaveta II vafotidan so‘ng unga o‘tgan. Qirollik oilasining rasmiy saytida: «Xorijga safar qilish uchun monarxga Britaniya pasporti kerak emas», deb yozilgan. Oddiy pasport o‘rniga Karl III ga maxsus hujjat beriladi. Unda ushbu hujjat egasini hech qanday to‘siqlarsiz o‘tkazish hamda unga himoya va yordam ko‘rsatish so‘raladi. Britaniya qirollik oilasining boshqa barcha a’zolari esa oddiy pasportlardan foydalanadi.
Yaponiya imperatori Naruxito va imperatrisa Masako ham alohida maqomga ega. Asienspiegel nashrining yozishicha, 1971 yilda Yaponiya hukumati imperator yoki imperatrisaga pasport berishni «nihoyatda noo‘rin» deb hisoblashga qaror qilgan. Shuningdek, ularning oddiy fuqarolar kabi mamlakatga kirish tartib-taomillaridan o‘tishi «nihoyatda nomaqbul» ekani ta’kidlangan. Ular pasport o‘rniga tegishli vazirlik hujjatidan foydalanadi. Biroq Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi tashrif buyuriladigan davlatni ularning tashrifi haqida oldindan xabardor qilishi kerak. Yaponiya imperatorlik oilasining boshqa a’zolariga esa bu istisno tatbiq etilmaydi — ular diplomatik pasport bilan sayohat qilishadi.
📌 Hatto Rim papasi ham xorijga sayohat qilish uchun pasportga ega bo‘lishi kerak. U Vatikan davlati yoki o‘zi fuqarosi bo‘lgan davlat tomonidan berilgan odatiy hujjatlar bilan sayohat qiladi.