Zelenskiy Trampga Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga zarbalarni to‘xtatish shartini ma’lum qildi.
"Ukrainaning energetika sektori, muhim infratuzilmasi va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti ob’ektlari Rossiya uchun nishon bo‘lishdan to‘xtashi zarur. Bu bizni keskinlikni pasaytirish bo‘yicha tegishli qadamlar tashlashga undaydi", — dedi Ukraina prezidenti Zelenskiy X ijtimoiy tarmog‘ida ingliz tilida.
Bu bayonot Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasi doirasida Zelenskiy va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasida rejalashtirilgan shaxsiy uchrashuv arafasida e’lon qilindi.
O‘z navbatida, Moskva Ukraina tomoni birinchi bo‘lib fuqarolik energetika infratuzilmasi ob’ektlariga zarba berishni boshlaganini, shu bilan «Pandora qutisi»ni ochganini, Rossiya bunga munosib javob berayotganini bir necha bor ta’kidladi.