Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Surxondaryoda talaba qiz tug‘ilmagan farzandini 1,5 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi

Surxondaryoda talaba qiz tug‘ilmagan farzandini 1,5 ming dollarga sotmoqchi bo‘ldi

Surxondaryo viloyatida universitetning uchinchi bosqichida tahsil olayotgan talaba ayol tug‘ilmagan farzandini 1,5 ming dollarga sotishga uringan. Sud hujjatlariga ko‘ra, u pulni o‘qishining yillik kontrakt to‘loviga sarflashni rejalashtirgan.

Sud hujjatida keltirilishicha, Termiz shahridagi universitet talabasi J.S. joriy yil boshida tug‘ilishi kutilayotgan o‘g‘lini sotish uchun xaridor qidirgan. Yanvar oyining boshlarida u J.G. ismli ayol bilan tanishgan.

J.S. unga hali tug‘ilmagan farzandini sotmoqchi ekanini aytgan va buning uchun 1,5 ming dollar olishga kelishgan.

15-yanvar kuni J.S. Termiz tumanidagi tug‘ruqxona binosida kelishilgan pulni olayotgan vaqtida viloyat IIB xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Jinoyat ishi 26-mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz tuman sudida ko‘rib chiqilgan. Sud majlisida J.S. aybiga iqror bo‘lgan. U homilador bo‘lib qolganidan oila a’zolari bexabar bo‘lganini bildirgan.

Sud hukmiga ko‘ra, J.S. Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi (odam savdosi) bilan aybdor deb topilgan. Unga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilangan.

Ma’lumot uchun, avvalroq Surxondaryoda 2014-yilda tug‘ilgan farzandini 40 million so‘mga sotishga uringan 30 yoshli ayol 3 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum qilingandi.

Kiritildi: Bugun 02:20. O'qildi: 331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!