Bugun 25 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda shifokorlar uchun davlat ro‘yxatidan o‘tish tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda shifokorlar uchun davlat ro‘yxatidan o‘tish tizimi joriy etiladi



2027 yildan boshlab shifokor va farmasevtlar uchun davlat ro‘yxatidan o‘tish ixtiyoriy tartibda amalga oshiriladi. 2030 yildan esa bu talab majburiy bo‘ladi. Ro‘yxatdan o‘tmagan mutaxassislarga tibbiy va farmasevtika faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat berilmaydi.

Shavkat Mirziyoyev tibbiy va farmasevtika kadrlarini tayyorlash, shuningdek, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va xavfsizligini ta’minlash maqsadida mutaxassislarning bilim va kasbiy tayyorgarligini mustaqil baholash tizimi joriy etiladi.

Buning uchun tibbiyot va farmasevtika sohasidagi barcha xodimlarni qamrab oluvchi yagona elektron reestr shakllantiriladi. U 16 ta axborot bazasi bilan integrasiya qilinib, mutaxassislarning ma’lumoti, malakasi va kasbiy faoliyati haqidagi ma’lumotlarni bir joyda jamlaydi.

Mutaxassislarni baholash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Dastlab fundamental va klinik fanlar bo‘yicha, keyin esa mutaxassislik bo‘yicha imtihon o‘tkaziladi. Buning uchun yagona test va topshiriqlar bazasi hamda zamonaviy simulyasiya markazlari tashkil etiladi.

Imtihondan o‘ta olmagan mutaxassislarga qayta topshirish imkoniyati beriladi.

Yangi tizimga ertaroq va ixtiyoriy ravishda qo‘shilgan xodimlarni rag‘batlantirish ham rejalashtirilgan. Xususan, imtihonni muvaffaqiyatli topshirib, 2027–2030 yillar oralig‘ida davlat reestriga kiritilgan oliy ma’lumotli shifokor va farmasevtlarga minimal ish haqining 5 baravarigacha, o‘rta tibbiy va farmasevtika bo‘g‘ini xodimlariga esa 2,5 baravarigacha ustama belgilash taklif etilmoqda.

Mutaxassislarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularning malakasini baholashni tashkil etish uchun alohida markaz ham tashkil etiladi.

Kiritildi: 18:17 05.09.2026. O'qildi: 1343 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!