Bugun 25 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tadbirkorga tegishli yer maydonini olib qo‘yish bilan tahdid qilgan mansabdor ushlandi

Tadbirkorga tegishli yer maydonini olib qo‘yish bilan tahdid qilgan mansabdor ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda hokimiyat organi vakilining noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi. Xususan, Kosonsoy tumani hokimi o‘rinbosari mansab vakolatini suiiste’mol qilgan holda, hokimiyat tomonidan mahalliy tadbirkorga ijara asosida berilgan yer maydonini boshqa tadbirkorga olib berish bilan qo‘rqitib, undan tamagirlik yo‘li bilan o‘zining yashash xonadoniga 20 kVt quvvatli quyosh panellarini o‘rnatib berishni talab qilgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda hokim o‘rinbosari quyosh panellarini sotib olish va o‘rnatish xarajatlari uchun 65 mln so‘m pul mablag‘ini o‘zining xizmat avtomashinasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:15 24.10.2026. O'qildi: 599 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!