Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda kelin kuyovdan katta bo‘lgan nikohlar soni 11 mingdan oshdi

O‘zbekistonda kelin kuyovdan katta bo‘lgan nikohlar soni 11 mingdan oshdi

2025 yilda O‘zbekistonda qayd etilgan nikohlarning 11 040 tasida kelinning yoshi kuyovnikidan katta bo‘lgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bu kabi nikoh holatlari eng ko‘p Toshkent shahri, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida kuzatilgan. Eng kam ko‘rsatkich esa Sirdaryo viloyatida qayd etilgan.

Ushbu ko‘rsatkich hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinish olgan:

  • Toshkent shahri — 1 809 ta;

  • Xorazm viloyati — 1 066 ta;

  • Qashqadaryo viloyati — 995 ta;

  • Buxoro viloyati — 979 ta;

  • Samarqand viloyati — 967 ta;

  • Toshkent viloyati — 928 ta;

  • Surxondaryo viloyati — 850 ta;

  • Qoraqalpog‘iston RESPUBLIKASI — 772 ta;

  • Farg‘ona viloyati — 715 ta;

  • Namangan viloyati — 509 ta;

  • Andijon viloyati — 486 ta;

  • Jizzax viloyati — 373 ta;

  • Navoiy viloyati — 351 ta;

  • Sirdaryo viloyati — 240 ta.

Kiritildi: 11:03 07.08.2026. O'qildi: 624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!