Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Qirg‘izistonlik rasmiy Ukraina dron hujumlari fonida Wildberries omborlarini mamlakatga ko‘chirishni taklif qildi

Qirg‘izistonlik rasmiy Ukraina dron hujumlari fonida Wildberries omborlarini mamlakatga ko‘chirishni taklif qildi


Qirg‘iziston Savdo-sanoat palatasi prezidenti Temir Sariyev tovar aylanmasini oshirish va xavfsizlikni ta’minlash uchun Wildberries'ning logistika quvvatlari va omborlarining bir qismini Qirg‘iziston hududiga joylashtirish taklifini ilgari surdi.

Sariyev muammolardan biri sifatida marketpleyslar bilan bog‘liq xavflarni qayd etgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyadagi Wildberries omborlarida yuz berayotgan favqulodda holatlar va yong‘inlar qirg‘izistonlik ishlab chiqaruvchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarar yetkazyapti.

"Ombor infratuzilmasini Qirg‘izistonda joylashtirish – bu nafaqat iqtisodiyot, balki xavflarni diversifikasiya qilish masalasi hamdir. Tovar bir joyda saqlanmasligi kerak", — dedi u.

Avvalroq Rossiyaning eng yirik marketpleysi Wildberries Ukrainaning logistika markazlariga hujumlari ortidan Qozog‘istonda 100 ming kvadrat metrgacha ombor maydonlarini qidirayotgani haqida xabar berilgan edi.

Ukraina dronlari 18 iyuldan boshlab Wildberries'ning Rossiyadagi o‘nlab logistika majmualariga hujum qilib kelmoqda. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Wildberries'ga qilingan hujumlarni omborlarda dronlar va navigasiya uskunalari uchun qismlar saqlangani bilan izohlagandi.

Kiritildi: 20:37 08.08.2026. O'qildi: 966 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!