Serbiya prezidenti Rossiya-Ukraina urushi tez orada yakunlanishiga ishonmasligini ma’lum qildi.
"Urush tez orada tugashiga ishonchim komil emas va oldinda ham Ukraina, ham barchamiz uchun og‘ir qish kutib turganidan xavotirdaman. Urushning tez orada yakunlanishiga olib boradigan yo‘lni ko‘rmayapman", — deb bayonot berdi Aleksandr Vuchich.
"Ukrainadagi urush tez orada tugaydimi-yo‘qmi bu borada taxmin yoki baho bera olmayman. Serbiya va butun xalqaro hamjamiyat buning tezroq yuz berishini juda xohlaydi", — deya ta’kidladi Serbiya prezidenti Ukraina yetakchisi Volodimir Zelenskiy bilan uchrashuvda.