Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida ta’mirlash ishlari vaqtida baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, 7 avgust kuni “A. Navoiy” mahallasidagi hududda “Sfat Plyus Qurilish” MCHJda yollanma ishchi bo‘lib ishlagan, 1967 yilda tug‘ilgan fuqaro yer ostidan o‘tgan eski quvurlarni ta’mirlayotgan paytda yer o‘pirilib, qum bosishi oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan.
Marhumning oilasi va 4 nafar farzandi borligi aytilmoqda.
Holat yuzasidan hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.