2026 yil 1 sentyabrdan brutto-shartnoma asosida faoliyat yuritayotgan barcha shahar avtobuslarida yo‘lkira to‘lash tartibi qat’iylashtiriladi.
Yangi qoidaga ko‘ra, yo‘lovchi avtobusga chiqishi bilanoq yo‘l haqini to‘lashi kerak.
Agar yo‘l haqi vaqtida to‘lanmasa yoki imtiyoz tasdiqlanmasa, yo‘lovchi chiptasiz harakatlanayotgan deb hisoblanadi va jarima qo‘llanishi mumkin.