«Avvalo, raketaga qarshi raketalar va tizimlar ishlab chiqaruvchisi kim? Bu, birinchi navbatda, Amerika Qo‘shma Shtatlari. Ular yordam bera oladimi? Biz ishlayapmiz... Ular har oy bizga raketalar ajratadimi? Ha. Bizda kelishuvlar bor», — dedi Zelenskiy.
Shu bilan birga, u raketalar miqdori yetarli bo‘lmasligini ta’kidladi, ammo har oy qancha raketa yetkazib berilishi haqida aniq ma’lumot bermadi.
Zelenskiy ushbu kelishuvlarga qachon erishilganini ham aytmadi. Bir qator OAV uning so‘zlarini Ukrainaga aynan «Patriot» havo mudofaasi tizimlari uchun raketalar yetkazib berilishi haqidagi bayonot sifatida talqin qildi. Ukraina prezidenti avval ham «Patriot» raketalari tanqisligi haqida bir necha bor gapirgan.
Biroq Zelenskiy o‘z nutqida qaysi turdagi raketalar haqida gap ketayotganini aniq aytmadi.