EI mamlakatlari kelasi yilgacha Rossiya gazidan voz kechish haqidagi bayonotlariga qaramay, uni import qilishni oshirmoqda — Welt Am Sonntag.
Nemis nashrining Energetika va sof havoni tadqiq qilish markazi (CREA) ma’lumotlariga tayanib yozishicha, Moskvaning Yevropaga xom ashyo sotishdan oladigan daromadlari kuniga 60 million yevrogacha oshgan. Bunda Rossiya suyultirilgan tabiiy gazi (STG) xaridlarining asosiy ulushi Fransiya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
"Iyun oyida YEIga a’zo mamlakatlar Rossiyadan o‘tgan yilgiga nisbatan 14 foizga ko‘proq STG import qildi. CREA ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya STGsining eng katta qismini Fransiya sotib olgan. Birgina Bretandagi Montuar porti iyun oyida may oyidagiga nisbatan to‘rt baravar ko‘p gaz qabul qildi", — deb yozadi nashr.
"Bruegel" tahlil markazining bildirishicha, YEI umumiy gaz importining 13 foizigacha bo‘lgan qismini Rossiyadan sotib olmoqda.