Bugun 5 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

"Hey, dedi, Trampingni gapigayam..., dedi" - Netanyaxu Trampning chaqirig‘iga qaramay, G‘azoga hujumlarni to‘xtatishdan bosh tortdi

"Hey, dedi, Trampingni gapigayam..., dedi" - Netanyaxu Trampning chaqirig‘iga qaramay, G‘azoga hujumlarni to‘xtatishdan bosh tortdi

Isroil XAMAS butunlay yo‘q qilinmaguncha G‘azo sektoridan chekinmaydi.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida e’lon qilingan videomurojaatida ma’lum qildi.

Isroil Bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, Oq uy Hamasni G‘azo sektorini qurolsizlantirish va demilitarizasiya qilishga majbur qilishi mumkinligiga ishonadi. Biroq, Isroil taklif qilingan rejaga (G‘azo sektori uchun tinchlik kengashi) qo‘shilmaydi va axborot kampaniyasi boshlanishidan oldin o‘z izohlarini taqdim etganini ta’kidladi.

"Bu bizning rejamiz emas. Biz o‘z manfaatlarimiz yo‘lida qat’iy turibmiz", dedi Netanyaxu.

Isroil Bosh vaziri shuningdek, Isroil armiyasi askarlariga o‘zlarini, yahudiy davlati hududini va Isroil fuqarolarini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan barcha narsani qilishni buyurganini aytdi.

Kiritildi: Bugun 09:50. O'qildi: 1892 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!