Isroilda Isroil razvedka xizmati rahbari Roman Gofman Eronda hokimiyatni almashtirish rejasini tayyorlash uchun mas’ul bo‘lgan ikki nafar yuqori lavozimli xodim ishdan bo‘shatilganidan so‘ng tanqid qilindi. Bu haqda Isroilning N12 telekanaliga manbalar ma’lum qilgan.
Telekanal suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, maxsus xizmat rahbariyati ushbu rejaning muvaffaqiyatsizligi uchun o‘zini va bosh vazir Binyamin Netanyaxuni javobgarlikdan xalos qilishga urinib, aybni ikki nafar professional xodim zimmasiga yuklamoqda.
Manbalar: «Siz Zini bilan shug‘ullanayotgan bir paytda, Gofman mutlaq sukutda o‘zini va bosh vazirni javobgarlikdan xalos qilish rejasini ishlab chiqdi — buning uchun butun umrini davlat xavfsizligiga bag‘ishlagan ikki nafar yetuk mutaxassisni ishdan bo‘shatmoqda», — deya bayonot bergan.
Manbalarga ko‘ra, maxsus xizmat xodimlari ishdan bo‘shatishlardan hayratda qolgan.
Avvalroq Roman Gofman razvedka boshqarmasi rahbari va Eron yo‘nalishi rahbarini ishdan bo‘shatishga qaror qilgani haqida xabar berilgandi. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, aynan ular Eronda hokimiyatni almashtirish rejasini ishlab chiqqan. Mazkur reja AQSh prezidenti Donald Trampga taqdim etilgan, biroq oxir-oqibat amalga oshirilmagan.