Bugun 5 avgust, 2026 yil, chorshanba

КИР

Kannavaro: “Men haqimdagi ma’lumotlarni terma jamoadagi “kalamush” tarqatayotgandir”

Kannavaro: “Men haqimdagi ma’lumotlarni terma jamoadagi “kalamush” tarqatayotgandir”

Bugun, 5 avgust kuni O‘zbekiston futbol assosiasiyasi (O‘FA) majlislar zalida milliy terma jamoa bosh murabbiyi Fabio Qannavaro ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida italiyalik mutaxassis milliy jamoa atrofida tarqalgan turli asossiz va yolg‘on xabarlarga alohida to‘xtalib, bu holatga o‘z e’tirozini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoa ichidagi ma’lumotlarni noto‘g‘ri talqin qilib, tashqariga chiqarayotganlar bor.

«Kimdir juda ko‘p yolg‘on ma’lumot tarqatgan. Balki bunga mening xorijlik murabbiy ekanim sababdir. Biz amal qilgan qoidalarni men o‘ylab topmaganman, bu — Yevropa standarti. Nima sababdan bunday yolg‘on ma’lumotlarni tarqatishganini, ochig‘i, tushunmadim.

Mendan avvalgi murabbiy mahalliy, ajoyib mutaxassis bo‘lgan va yaxshi natijalarga ham erishgan. Lekin bu meni asossiz tanqid qilishga sabab bo‘la olmaydi. Bu masalaga aniqlik kiritib o‘tmasam bo‘lmasdi. Terma jamoa ichida qandaydir “kalamush” borligi sababli ham shunday noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘payib ketdi», dedi Qannavaro.

Shuningdek, bosh murabbiy bo‘lajak Osiyo kubogi musobaqasidan oldin terma jamoa tarkibida qanday o‘zgarishlar bo‘lishiga oydinlik kiritdi hamda yosh futbolchilarga ko‘proq imkoniyat berilishini ta’kidladi.

«Osiyo kubogidan oldin tarkibda, albatta, o‘zgarishlar bo‘ladi. Biz endi yoshlarni ko‘proq jalb etamiz. Behruz Karimov masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, uni Kolumbiyaga qarshi o‘yinda maydonga tushirganimda, ko‘pchilik buni katta tavakkal deb atagan edi. Men esa yoshlarga ishonch bildirishda davom etaman».

Kiritildi: Bugun 13:42. O'qildi: 1722 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!