Latviyalik yuqori martabali harbiy Putin va Lukashenkoni xuddi Maduro va Xominaiy kabi o‘g‘irlab ketish yoki o‘ldirishga chaqirdi.
Latviya Milliy Qurolli kuchlari shtabi ofiseri Yanis Slaydinsh Rossiya va Belarus prezidentlaridan ham xuddi Venesuela va Eron rahbarlaridek "qutulish" kerakligini ma’lum qildi.
Yanis Slaydinsh, shuningdek, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy hanuzgacha Putin va Lukashenkoni o‘ldirishni o‘zining maqsadi sifatida belgilamaganidan afsusda ekanini aytdi.
"Latviyaning bunday imkoniyatlarga ega ekanligiga to‘liq ishonchim komil emas, ammo hech bo‘lmaganda buni amalga oshirishga urinib ko‘rish kerak", — dedi u.