O‘zbekistonda avtomobil oldi-sotdisi bo‘yicha bitimlar soni iyun oyidagi eng yuqori ko‘rsatkichga hali qaytgani yo‘q. Sentyabrda bozor faolligi avgustga nisbatan biroz oshgan bo‘lsa-da, yoz boshidagi natijadan pastligicha qolmoqda.
Xususan, o‘tgan oy davomida mamlakat bo‘ylab 17 948 ta avtomobil oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtirilgan. Bu avgustdagi natijadan 141 ta ko‘p, iyundagi ko‘rsatkichdan esa 1293 ta kam.
Eskrou tizimi joriy etilganidan keyin eng yuqori faollik iyun oyida qayd etilgan. O‘shanda 19 241 ta bitim tuzilgan, keyingi oylarda esa savdo hajmi pasaygan.
Oylar kesimida rasmiylashtirilgan bitimlar:
Aprel — 18 960 ta
May — 16 584 ta
Iyun — 19 241 ta
Iyul — 18 306 ta
Avgust — 17 807 ta
Sentyabr — 17 948 ta
Shu tariqa, sentyabrda kuzatilgan kichik o‘sishga qaramay, avtomobil bozoridagi faollik iyun oyidagi darajadan 6,7 foizga past bo‘lib qolmoqda.