Bugun 19 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev suhbatlashdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev suhbatlashdi

Shavkat Mirziyoyev 19 mart kuni Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti va Navro‘z munosabati bilan bir-birini samimiy qutlab, xalqlarga tinchlik va farovonlik tilagan.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston–Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilingan. Xususan, Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Bundan tashqari tomonlar o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi barqaror o‘sib borayotganini, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport hamda madaniy-gumanitar sohalarda qo‘shma loyihalar ilgari surilayotganini qayd etgan.

Shuningdek, yetakchilar Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilib, uning keskinlashuvi mintaqa va jahon iqtisodiyoti uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligini, muammoni faqat siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etish zarurligini ta’kidlagan.

Suhbat davomida bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqilgan.

Kiritildi: Bugun 14:55. O'qildi: 268 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!