Bugun 8 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Toshkentdan Islomobodga muntazam reyslar: Uzbekistan Airways 14 iyundan parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

Toshkentdan Islomobodga muntazam reyslar: Uzbekistan Airways 14 iyundan parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent va Pokiston poytaxti Islomobod shahri o‘rtasida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishini e’lon qildi.

Xabarga ko‘ra, 14 iyundan boshlab Toshkent Islomobod – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar amalga oshiriladi.

Parvozlar shanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi (mahalliy vaqt ko‘rsatilgan):

- Toshkentdan jo‘nab ketish 08:50, Islomobodga yetib borish 10:50;

- Islomoboddan jo‘nab ketish 11:50, Toshkentga yetib kelish 13:50.

Avvalroq, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent va Pokistonning Lohur shahri o‘rtasida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ygan edi.

Kiritildi: 19:30 06.05.2025. O'qildi: 385 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!