Rossiya poytaxti meri Sergey Sobyanin ma’lum qilishicha, havo mudofaa tizimlari Moskvaga yaqinlashayotgan yana bir uchuvchisiz apparatni yo‘q qildi.
"Mudofaa vazirligi havo mudofaa kuchlari Moskvaga yo‘naltirilgan uchuvchisiz apparat hujumini bartaraf etdi. Qulagan parchalar joylashgan hududda favqulodda xizmat xodimlari ish olib bormoqda," deya mer o‘z telegram kanalida yozdi.
Shuningdek, xabar qilinishicha, Vnukovo xalqaro aeroporti samolyotlarni qabul qilish va jo‘natish bo‘yicha uzoq vaqt davom etgan cheklovlardan so‘ng o‘z ish faoliyatini odatiy tartibda tikladi.