Bugun 8 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Putin Ukrainadagi urush sababini Bolgariya va Ruminiyaga yuklamoqda

Putin Ukrainadagi urush sababini Bolgariya va Ruminiyaga yuklamoqda

Rossiya prezidenti o‘z hokimiyatining 25 yilligiga bag‘ishlangan hujjatli filmda NATOning Ruminiya va Bolgariyadagi Amerika harbiy bazalari mavjudligi Ukrainadagi urushga sabab bo‘lganini ta’kidladi.

Uning aytishicha, bu mamlakatlarda "AQShning yengil ilg‘or bazalari" tashkil etilishi vaziyatning keskinlashuviga olib kelgan. Putin Rossiyaning tashvishlariga e’tibor berilmagani Ukrainadagi bugungi voqealarga sabab bo‘lganini alohida ta’kidladi.

Ruminiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Andrey Sarnea orqali mamlakatning NATOga a’zo bo‘lishi boshqa davlatlar xavfsizligiga tahdid solmaydigan suveren qaror ekanligini ma’lum qildi.

"Evropada xavfsizlikka tahdid solayotgan yagona davlat - Ukrainada noqonuniy urush olib borayotgan Rossiya," deya ta’kidladi Sarnea.

Kiritildi: 20:46 07.05.2025. O'qildi: 1339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!