Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat Qashqadaryo viloyati YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilib, haydovchiga tegishli chora ko‘rildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi davlat universiteti bitiruvchi talabalari Nexia mashinasida turli xil hayot uchun xavfli harakatlar sodir etib video olgan. Ulardan biri voqeaga quyidagicha izoh berdi:
“Vinetkaga tushish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarga trend video qilganmiz. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketibdi. Bu noto‘g‘ri ekanini xodimlarimiz tushuntirishdi. Boshqa qaytarilmaydi”.
Holat yuzasidan Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilgan. Ushbu holatda qatnashgan transport vositalari aniqlanib, haydovchilarga tushuntirish ishlari olib borilgan va ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.