🔸Hindiston Mudofaa vazirligi “Sindur operasiyasi” boshlanganini e’lon qildi – harbiylar Pokistonning “terrorchilik infratuzilmasi”ga zarba berdi. Hujum aks etgan ilk kadrlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
🔸Hindiston harbiy idorasi, shuningdek, operasiya davomida Pokiston harbiy ob’ektlariga hujum qilinmaganini ham aytdi. Harbiy harakatlar “maqsadli, muvozanatli va keskinlashtiruvchi xususiyatga ega emasligi” ta’kidlandi.
🔸Hindistonning zarbalari javobsiz qolmaydi, dedi Pokiston qurolli kuchlari mas’uli.
🔸Mahalliy matbuotning yozishicha, Pokiston Hindistondagi nishonlarga javob zarbalarini bergan.
🔸Pokiston havo hududi 48 soatga vaqtincha yopildi. Mamlakat aviasiyasi havoga ko‘tarildi.
🔸Hozirda Pokistonda Hindiston aviazarbalari oqibatida 2 kishi halok bo‘lgani va 12 kishi jarohat olgani ma’lum, deb xabar bermoqda Geo TV.
🔸Pokiston qurolli kuchlari Hindistonning 5 qiruvchi samolyotini urib tushirdi, deb xabar bermoqda OAV.