Bu haqda Rossiya ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Shuningdek, Ukraina “dron zarbalaridan jiddiyroq provokasiyalar tayyorlayotgani” da’vo qilinmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Vladimir Rossiya Mudofaa vazirligiga javob zarbalari uchun nishonlarni aniqlashni topshirgan, asosiy nishon sifatida Kiyev tanlangan. Moskvaning ehtimoliy javob chorasi juda kuchli bo‘lishi, jumladan, “Oreshnik” tizimi ham qo‘llanilishi rejalashtirilmoqda.
Rossiyalik nashrlar, shuningdek, Kiyev 8—10 may kunlarini o‘z ichiga oluvchi uch kunlik sulh taklifini qabul qilmasligiga ishonmoqda.
Avvalroq ukrainalik manbalar Ukraina Moskvadagi paradga zarba berishga urinmasligini, biroq Rossiyaning boshqa hududlariga hujum uyushtirishi ehtimoli borligini bildirgan edi.
Shu bilan birga, Zelenskiy va Yermak Qizil maydondagi paradga zarba berilishi mumkinligiga ishora qilgan, lekin bu haqda aniq bayonot bermagan.