Hindistonning AQShdagi elchixonasi Pokistonga zarbalar “mojaroni keskinlashtirmaslik” uchun oldindan rejalashtirilganini bildirdi
Diplomatik missiya Hindistonning Jammu va Kashmir shtatida sayyohlarga qilingan hujumni va buning oqibatida 26 kishi halok bo‘lganini eslatib o‘tdi.
"Hindiston ushbu hujumda Pokistondagi terrorchilarning aloqadorligi haqida “isbotlangan ma’lumotlarga” ega. Pokistondan terrorchilarga va ularning infratuzilmasiga qarshi choralar ko‘rishi kutilgan edi. Biroq o‘tgan ikki hafta davomida Pokiston barchasini inkor qildi", deya qayd etdi elchixona bayonotida.
Diplmomatik missiya Hindiston tomonidan bugun Pokistonga qilingan zarbalarni “oldindan o‘ylab qilingan va mojaroni kuchaytirmaslik uchun ishlab chiqilgan” deb atadi.
"Pokistondagi hech bir fuqarolik, iqtisodiy yoki harbiy nishon zarba ostiga qolmagan. Faqatgina oldindan ma’lum bo‘lgan terrorchilarga tegishli lagerlar nishonga olingan", — deyiladi xabarda.