Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Hindistonlik talaba Toshkent tibbiyot akademiyasidan norozi bo‘ldi

Hindistonlik talaba Toshkent tibbiyot akademiyasidan norozi bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent tibbiyot akademiyasida o‘qiyotgan hindistonlik 1 kurs talabasi ta’lim sifati pastligi va sharoitlar yetarli emasligi, shuningdek, dekan soqol haqida gapirib tinch qo‘ymasligi bo‘yicha post yozib qoldirganligi haqida xabar tarqaldi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tibbiyotga oid fanlardan ko‘ra ingliz tili darslari ko‘proq o‘tiladi:
“Ular bizni 4 soatlik ingliz tili darsiga majburlashadi, xuddi biz bu yerga alifbo va grammatika o‘rgangani kelgandik. Anatomiya 1 soat 20 daqiqa dars xolos. Ba’zida darslar oxirgi daqiqada bekor qilinadi”, — deb yozgan u.

Kiritildi: Bugun 09:55. O'qildi: 1284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!