Bugun 8 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Uzcosmos agentligi O‘zbekistonga yarim tonnalik kosmik apparat qulashi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Uzcosmos agentligi O‘zbekistonga yarim tonnalik kosmik apparat qulashi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Malum qilinishicha, , 1972-yil 31-mart kuni SSSRning "Venera" dasturi bo‘yicha "Kosmos-482" sayyoralararo kosmik apparati fazoga uchirilgan. Biroq raketa-tashuvchining yakuniy bosqichi muvaffaqiyasiz ishlashi oqibatida u Yer orbitasida qolib ketgan.

Taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra, apparatning yerga qulashi 9-11-may kunlariga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Ammo "Kosmos-482"ning aniq qayerga qulashi noma’lum. Uning O‘zbekiston hududiga tushishi ehtimoli esa hozircha 0,3-0,5% oralig‘ida baholanmoqda.

Apparatning yarim tonnaga (500 kg) yaqin massali titan shari alohida xavf tug‘dirishi mumkinligi, ushbu komponent yer atmosferasiga kirishda omon qolishi va butunlay qulab tushishi ehtimoli borligi bildirildi.

Parashyut borligiga qaramay, koinotda 53 yil bo‘lganidan keyin u ishlamasligi mumkin. Yerga urilish tezligi esa soatiga 500 kilometrgacha yetishi kutilmoqda.

❗️Agentlik bo‘laklar topilgan taqdirda, bu haqda zudlik bilan rasmiylarga xabar berish va hech qanday holatda apparat qoldiqlari bilan aloqada bo‘lmaslikni tavsiya etdi. Chunki ular tarkibida xavfli kimyoviy moddalar bo‘lishi mumkinligi aytildi.

Kiritildi: 12:51 07.05.2025. O'qildi: 1274 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!