Moskvaga uchayotgan Serbiya prezidenti samolyoti Boku aeroportiga favqulodda qo‘ndi. Bu haqda xorij OAV xabar berdi.
Aleksandr Vuchich G‘alaba paradida ishtirok etish uchun Moskvaga parvoz qilayotgandi.
Samolyot "xavfsizlikka tahdidlar, shu jumladan havo hujumidan mudofaa tizimlari ta’siri tufayli" Bokuga qo‘ngan.
Samolyot parvozni davom ettirishga ruxsat berilishini kutmoqda, deb ta’kidladi Informer.