Bugun 8 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Hindiston bahsli Kashmirdan tashqaridagi Pokiston shaharlariga zarba berdi

Hindiston bahsli Kashmirdan tashqaridagi Pokiston shaharlariga zarba berdi

Hindiston 50 yildan ortiq vaqt ichida birinchi bor bahsli Kashmirdan tashqaridagi Pokiston shaharlariga zarba berdi. Bu haqda CNN nashri xabar bermoqda.

Pokiston harbiylarining nashrga ma’lum qilishicha, zarbalar besh aholi punktiga — Kotli, Ahmadpur Sharqiya, Muzaffarobod, Bag va Muridkega yo‘naltirilgan. Ular orasida eng muhim hujumlar Ahmadpur va Muridkeda qilingani bo‘lgan, chunki bu shaharlar Pokistonning Hindiston bilan chegaradosh, ammo bahsli hudud bo‘lmagan Panjob viloyatida joylashgan. Panjobda favqulodda holat e’lon qilindi.

"Bu Hindiston 1971 yildagi urushdan beri Pokistonning bahsli bo‘lmagan va o‘zaro tan olingan hududlariga zarba bergan ilk holatidir", deya qayd etdi CNN.

Kiritildi: 10:03 07.05.2025. O'qildi: 1073 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!