Bugun 12 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Surxondaryo viloyatida ayol va uning yangi tug‘ilgan farzandini molxonada og‘ir sharoitda saqlaganlar qamaldi

Surxondaryo viloyatida ayol va uning yangi tug‘ilgan farzandini molxonada og‘ir sharoitda saqlaganlar qamaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Uzun tumanida ayol va uning yangi tug‘ilgan farzandiga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik o‘tkazilganligi to‘g‘risida tarqalayotgan xabar Surxondaryo viloyati IIB tomonidan o‘rganib chiqildi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 26 avgust kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi mahallalarning birida noma’lum ayol kishi antisanitariya holatida xonadon egalari tomonidan molxonada majburiy ushlab turilganligi haqida kelib tushgan xabarga asosan, mahalla profilaktika inspektori tomonidan zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, xonadon egalarini qarshiligiga qaramasdan molxona eshigini buzib, xonadon egasi 1981 y.t. fuqaro SH.A.ning norasmiy turmush o‘rtog‘i 1997 y.t. fuqaro X.G. va uning 5 oylik o‘g‘il farzandi og‘ir sharoitda majburlab saqlanib kelayotganligini aniqlab, jabrlanuvchilarni zudlik bilan tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan.

Holat o‘rganilganda, xonadon egasi fuqaro SH.A., shu xonadonda yashovchi onasi va yaqin qarindoshlari bilan oldindan til biriktirib, norasmiy turmush o‘rtog‘i fuqaro X.G.ni ruhiy holatidagi o‘zgarishlari borligidan (tilida nuqsoni borligi, fikrlarini to‘liq bayon qilishga qiynalishi) foydalanib bir necha oy davomida unga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik ishlatib, majburlab, xonadon ichidagi molxonada yashirin ravishda saqlab kelishganligi aniq bo‘lgan.

Hozirda jabrlanuvchi X.G. Uzun tumani tibbiyot birlashmasi jarrohlik bo‘limiga, farzandi esa tug‘ruq bo‘limiga davolanish uchun joylashtirilib, ularning sog‘lig‘i bilan bog‘liq vaziyat viloyat ijtimoiy himoya boshqarmasi mas’ullari tomonidan alohida nazoratga olingan.

Holat yuzasidan, Uzun tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 126 prim 1-moddasi 7-qismi “a”, “e” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar SH.A. va uning ishga aloqador bo‘lgan uch nafar yaqin qarindoshlari prosessual tartibda qamoqqa olingan.

Jinoyat ishi Surxondaryo viloyati IIB tomonidan qat’iy nazoratga olingan bo‘lib, ish yuzasidan barcha tegishli sud-tibbiyot ekspertizalari tayinlanib, tergov-prosessual harakatlar olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:24. O'qildi: 935 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!