Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Tramp Yaman husiylariga zarbalar berishga qaror qildi, ammo so‘nggi daqiqalarda bu fikridan qaytdi

Tramp Yaman husiylariga zarbalar berishga qaror qildi, ammo so‘nggi daqiqalarda bu fikridan qaytdi

The New York Times nashri manbalariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Vashingtonni vaziyatga aralashishga undaganidan so‘ng, AQSh prezidenti Donald Tramp Pentagonga husiylarga havo zarbalari berishga tayyorgarlik ko‘rishni buyurgan edi.

Biroq yakshanba kuni Tramp yana o‘z qarorini o‘zgartirdi. Bu paytga kelib nishonlar ro‘yxati tasdiqlangan, AQSh harbiy samolyotlariga bombalar yuklanayotgan va zarbalar boshlanishiga oz qolgandi.

Tramp ma’muriyatidagilarning aksariyati Saudiya Arabistonining husiylarga qarshi kurashiga qo‘shilishga shubha bilan qaramoqda yoki bunga mutlaqo qarshi. Ular bunga sabab sifatida Eron bilan urush fonida AQSh harbiylariga tushayotgan yuklama ortib borayotganini ko‘rsatgan.

Kiritildi: 14:19 21.09.2026. O'qildi: 918 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!