Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Birinchi oltin! Abdulvahob Rashidov O‘zbekistonga Osiyo o‘yinlaridagi ilk oltin medalni taqdim etdi

Birinchi oltin! Abdulvahob Rashidov O‘zbekistonga Osiyo o‘yinlaridagi ilk oltin medalni taqdim etdi

O‘zbekiston delegasiyasi Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo o‘yinlarida dastlabki oltin medalini qo‘lga kiritdi.

Karate bo‘yicha -67 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Abdulvahob Rashidov musobaqa davomida barcha raqiblarini ortda qoldirib, chempionlikka erishdi.

Hal qiluvchi bahsda hamyurtimiz mezbon Yaponiya vakili Yugo Kozakiga qarshi bahs olib bordi va g‘alaba qozonib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Shu tariqa, Abdulvahob Rashidovning oltin medali O‘zbekiston delegasiyasining Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlaridagi birinchi chempionlik medali bo‘ldi.

Kiritildi: 14:54 21.09.2026. O'qildi: 1148 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!