Bugun 14 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Sirdaryo viloyati sudyasi 3600 dollar pora bilan ushlandi

Sirdaryo viloyati sudyasi 3600 dollar pora bilan ushlandi

Sirdaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi E.S. 3600 dollar pora bilan ushlandi.

Oliy sud axborotiga ko‘ra, u o‘z ish yurituvidagi iqtisodiy ishni kassasiya instansiyasida Guliston shahrida faoliyat yurituvchi MCHJ foydasiga hal qilish evaziga shuncha pul olganlikda gumonlanyapti.

Sudya tezkor tadbirda ashyoviy dalil bilan qo‘lga tushgan.

“Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Oliy sud tomonidan sud organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, tizimni nopok kadrlardan tozalash borasida barcha zarur sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Bunda eng avvalo sudya va xodimlar o‘rtasida nojo‘ya va nomunosib xatti-harakatlarning oldini olish, shu bilan birga korrupsiyaga yo‘l qo‘ygan sudya va xodimlarni aniqlash hamda ularga nisbatan qat’iy choralar ko‘rishga e’tibor qaratilmoqda”, – deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 13:10. O'qildi: 429 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!