Bugun 24 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

96 yoshli amerikalik qariyalar uyidagi hayoti haqida TikTok’da video olib, minglab dollar ishlamoqda

96 yoshli amerikalik qariyalar uyidagi hayoti haqida TikTok’da video olib, minglab dollar ishlamoqda

AQShlik 96 yoshli Lillian Droniak TikTok ijtimoiy tarmog‘ida mashhurlikka erishib, 15 million obunachi to‘pladi. U o‘z videolarida kundalik hayoti, uchrashuvlar, dugonalari bilan kechalar va munosabatlar haqidagi maslahatlari bilan bo‘lishadi. Uning mashhurligi Konnektikut shtatidagi qariyalar uyida yashash xarajatlarini mustaqil qoplash imkonini bermoqda. Ushbu maskanda yashash oyiga 10 ming dollardan ortiq mablag‘ talab qiladi.

Yaqinda Droniak dugonalari bilan tez-tez shovqinli kechalar uyushtirgani uchun qariyalar uyidan chiqarib yuborilish xavfiga duch keldi. Bunga javoban u: «Hech kim menga ko‘ngilxushlik qilishni taqiqlay olmaydi», — dedi. Oxir-oqibat, ma’muriyat bilan kelishuvga erishildi: kechalar o‘tkazishga ruxsat berildi, ammo xonada spirtli ichimliklar ichish taqiqlandi.

BBC ma’lumotiga ko‘ra, pensioner ayol yirik kompaniyalar, jumladan, kosmetika ishlab chiqaruvchilar bilan reklama shartnomalari orqali daromad topadi. Daromadining bir qismini esa evarasi ta’limi uchun jamg‘arib boradi. Videolarni suratga olish va montaj qilishda unga ba’zan nabirasi yordam beradi, biroq roliklar g‘oyalarini Droniakning o‘zi o‘ylab topadi.

«Menda mashhur bo‘lish uchun zarur bo‘lgan barcha narsa borligini doim bilganman. Faqat bu 90 yoshdan keyin sodir bo‘ladi, deb o‘ylamagan edim», — dedi Droniak.

Kiritildi: 21:20 23.10.2026. O'qildi: 768 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!